Ushbu tanlovda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Qoraqalpog‘iston va boshqa davlatlardan kelgan ijodiy jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi davlat muassasi Andijon viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi 1-o‘rinni, yakka raqs ijrosi yo`nalishi bo‘yicha Shoxista Xolmatova 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bo‘linma ijodiy jamoasi va baletmeystr Oyista Xolmatova festivalda faol ishtiroklari uchun diplom bilan taqdirlandilar.
Shu bilan birga Andijon viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi kelgusida raqs yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan xalqaro fetivallarda ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdi.



