Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Andijon madaniyat kunlari
2024-yil 24-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani madaniyat markazi san’atkorlari hamda 25-iyun kuni Xorazm viloyati Xiva shahridagi san’atkorlar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi ijodiy xodimlari bilan hamkorlikda konsert dasturlarini namoyish etdilar. Namoyish etilgan konsert dasturlarida ijro etilgan sho‘x qo‘shiq va raqslar tomoshabinlar xushnud etib, olqishlariga sazovor bo‘ldilar.