Xizmat safarida delegatsiya vakillari Vitebskni ozod etish yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan O‘zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik belgisining ochilish marosimida, Vitebsk davlat universitetiga, Ushachi tumanida tashkil etilgan «Andijon mayak» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga hamda an’anaviy «Dajnki» — hosil bayramiga tashrif buyurdilar.

Ushbu tadbirlarning badiiy qismida Vitebsk viloyati san’atkorlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasining ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari namoyish etildi.