Talabalar bahori festivalida Andijon filarmoniyasi konsert dasturi
Tadbirlar
59
Festival doirasida “Bahoriy taomlar dasturxonlari” tanlovi, yangi adabiyotlar va ijodiy ishlar ko‘rgazmasi, milliy folklor kuy-qo‘shiqlariga monand raqslar, “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida talaba yigitlar va qizlar o‘rtasida sportning mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka, armrestling, kibersport musobaqalari o‘tkazilib, tanlov va musobaqalar g‘oliblari hamda har tomonlama faol bo‘lgan talabalar taqdirlandi. Festivalning badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi tomonidan talabalar uchun sho‘x kuy-qo‘shiq hamda go‘zal raqslardan iborat konsert dasturi namoyish etildi.