8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri
Tadbirlar
43
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov muhtaram opa-singillarimizni bahorning ilk go‘zal ayyomi – xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan ishtirokchilarni muborakbod etdi. Bayram tadbirida samarali mehnati bilan faoliyat olib borayotgan bir guruh ilg‘or xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko`krak nishoni hamda viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Tadbirning badiiy qismidan o‘rin olgan taniqli estrada yulduzlari va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi honanda, sozanda hamda raqqosalari tomonidan ijro etilgan sho‘x qo‘shiq va raqslar tadbir qatnashchilari, go‘zal onaxon va opa-singillarimizga bayramona kayfiyat bag‘ishladilar.