Andijon mashinasozlik institutida “30-iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan tadbir
Tadbirda institut rektori so‘zga chiqib talabalarni bayram bilan muborak etib, 2023-2024-o‘quv yilida turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir qator talabalarga tashakkurnoma va estalik sovg‘alarini topshirdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi xonanda, sozanda va raqqosalarning sho‘x kuy, qoshiq va jozibali raqslardan iborat konsert dasturi namoyish etildi.