Tadbirda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda ezgu tashabbus va bunyodkorlik g‘oyalari atrofida birlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘limi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Samimiy muloqotlar, musiqiy chiqishlar va bayramona muhit tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Andijon davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir






