"Boysun bahori" fol’klor etnografik jamoalar festivali
1-5-may kunlari Surxandaryo viloyati Boysun tumanida xalqaro "Boysun bahori" fol’klor etnografik jamoalar festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda Andijon viloyati uchun belgilangan joyda "Bedana" fol’klor etnografik xalq xavaskorlik jamoasi hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi tomonidan konsert dasturlar namoyish etildi.