«ANDIJON FILARMONIYA»

Andijon filarmoniyasi Turkiya davlatining Anqara shahrida

Faoliyat 35
Andijon filarmoniyasi Turkiya davlatining Anqara shahrida
TURKSOY Bosh kotibiyati binosida Andijonning boy madaniy qiyofasini aks ettiruvchi amaliy san’at va fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 
Tadbir TURKSOY Bosh kotibiyati old hovlisida Andijondan kelgan san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasining xonanda, sozanda va raqossalari ham ishtirok etib, ular tonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, kuy va raqslar ishtirokchilarga hayajonli lahzalarni taqdim etdi. 
TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev Turkiyaning Anqara shahriga Andijon viloyatidan tashrif buyurgan madaniyat va san’at xodimlarini qabul qilib, 15-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” bilan tabrikladi.
Sulton Rayev o’z so’zida so’nggi yillarda O’zbekistonda madaniyat va san’at tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish bo‘yicha juda katta islohotlar amalga oshirilayotganini, soha xodimlariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 
Tadbir yakunida TURKSOY Bosh kotibiyatida Andijonga bag’ishlab tashkil etilgan tantanali tadbirda faol ishtirok etgan delegatsiya a’zolariga tashakkurnomalar taqdim etildi. Jarayonlarni Turkiyaning o‘ndan ortiq yetakchi telekanallari va axborot agentliklari keng yoritdi.

Izoh qoldirish

  • Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив