Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida “Navro‘z” bayrami
Faoliyat
37
Ushbu bayramda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi direktori Raximjon Axmedov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Tursunboy Parpiev hamda bo`linmaning xushovoz xonandasi Muxayyoxon Tojimatovalar ishtirok etdilar. Ular tomonidan ijro etilgan dilga yaqin sho‘x taronalar bayramda ishtirok etgan 4000 nafardan ziyod muxlislarni kayfiyatlarini yanada yuqori bo‘lishini ta’minladi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu konsert dasturi ikki millat o‘rtasidagi hamkorlikni o‘ziga xos amaliy ko‘rinishi bo‘ldi deyish mumkin.