Mazkur qabulda soha vakillari hamda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar yuzasidan murojaatlarini bildirishdi. Bildirilgan murojaat va takliflarning barchasi belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ularni atroflicha o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.